Ushbu maqolada etimologiya sohasi, uning o’rganilish tarixi va taraqqiyoti, ushbu soha doirasida faoliyat olib borgan olimlar va ularning soha xususidagi fikrlari bayon etilgan. O’zbek va ingliz tillaridagi etimologik lug’atlar o’rganilgan, natijalar tahlil etilgan. Maqola etimologiya sohasining dolzarbligini, tadqiq jarayonlarining murakkabligini va uning o’ziga xos metodlari borligini ifoda etadi. Maqolada frazeologiya, frazeologik birliklar etimologiyasiga ham oid ma’lumotlar berilgan.